Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

MILLIY HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA HAMDA MASOFADAN TURIB ONLAYN RASMIYLASHTIRISH IMKONIYATI MAVJUD


MILLIY HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASINI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARIDA HAMDA MASOFADAN TURIB ONLAYN RASMIYLASHTIRISH IMKONIYATI MAVJUD

              Hozirda faqat IIBB YHXB bo‘limlari orqali emas, balki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn ariza berish yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish orqali ham yangi namunadagi guvohnoma olish imkoniyati yaratilgan.
Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tomonidan haydovchilik guvohnomasiga uydan turib, YIDXP (my.gov.uz) orqali ariza berilganda pochta orqali yetkazib berishi xizmatini ham tanlash mumkin.
Bunda BHMning 70 foizi miqdorida yig‘im hamda pochta xizmati uchun (yetkazib berish tanlanganda) to‘lov amalga oshiriladi.
Pochta xizmati tomonidan tanlangan manzil bo‘yicha guvohnoma yetkaziladi va xodim tomonidan ariza beruvchidan tegishli hujjatlar olib qolinadi. 
Yetkazib berish imkoniyatidan foydalanilmagan taqdirda ariza yuborilgan Davlat xizmatlari markaziga bevosita kelib guvohnomani olish mumkin.
Vazirlar mahkamasining 2023 yil 12 apreldagi "Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘grisida" 152-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yana-da ixcham shaklini yo‘lga qo‘yish maqsadida milliy haydovchilik guvohnomalarini endilikda Bo‘ka tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi orqali berish yo‘lga qo‘yilgan.

Bo‘ka tuman

Davlat xizmatlari markazi

Bosh mutaxassisi