Янгиликлар
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqa puli beriladimi?
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqa puli beriladimi?
Vazirlar Mahkamasinig 2022 yil 20 sentabrdagi 515-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 1 bob 1 bandiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilangan Shuningdek Vazirlar Mahkamasinig 2022 yil 22 oktabrdagi 850-son qarorining ilovasidagi ro’yxatga ko’ra Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qatoriga kiritilganligi sababli ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqa puli tayinlanmasligi ma’lum qilinadi.
Bo‘ka tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi Sh.Malikov