Янгиликлар
Salohiyatli yosh shifokorlarga ustamalar to‘lanadi
Salohiyatli yosh shifokorlarga ustamalar to‘lanadi
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandiga ko’ra yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lash ko‘zda tutilgan.
Ustamalar ularning birinchi 3 yillik mehnat faoliyati uchun belgilanadi.
Bunda maxsus oylik ustamalar har oyda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
birinchi yil uchun — 1 million so‘mdan;
ikkinchi yil uchun — 750 ming so‘mdan.
uchinchi yil uchun — 500 ming so‘mdan.
Bo’ka tuman adliya bo’limi xodimi
Sh.Malikov