Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi


Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi

 

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga   asosan tartibga solinadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar yani ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham mumkin.

Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi va tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.

Bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

“ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

Talabalar va pedagoglarning bolalari;

Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yoʻllanma shakllangandan soʻng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Bolalarni davlat MTMga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom va hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Qabul jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Ariza berish va navbatga turish

Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Ota-onalar yoki vasiylar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali farzandini ro‘yxatdan o‘tkazib, navbatga qo‘yishi mumkin.

Hujjatlarni topshirish

MTMga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxasi);

Ota-ona (yoki qonuniy vakil) pasporti nusxasi;

Bolaning tibbiy maʼlumotnomasi (026/u shakli);

Imtiyozli toifaga mansub bo‘lsa, tegishli tasdiqlovchi hujjatlar.

Qabul qilish tartibi

Bolalar davlat bog‘chalariga odatda 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi. Navbatda turgan bolalar soni va bo‘sh joy mavjudligiga qarab, ularning bog‘chaga qabul qilinishi amalga oshiriladi. Ayrim hollarda 2 yoshdan boshlab maxsus guruhlarga qabul qilinishi mumkin.

 

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi

Bosh maslahatchisi                                                                                  Sh.Malikov