Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Murojaatlar sudgacha hal etiladi.


Murojaatlar sudgacha hal etiladi.

 

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 19-mayda davlat xizmatlariga oid qaror va xatti-harakatlar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlarini sudgacha bosqichda ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-188-son qarori imzolandi.

            Mazkur eksperimental tartib doirasida Toshkent shahri misolida qator davlat xizmatlari bo‘yicha qabul qilingan ma’muriy hujjatlarga oid nizolar sudgacha hal qilinadigan bo‘ldi.

            Fuqarolar va tadbirkorlar endilikda sudlashish jaryoniga kirishmasdan, davlat idoralari tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan maxsus Apellyatsiya kengashlariga shikoyat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu kengashlar murojaatlarni tezkor, bepul va shaffof holda ko‘rib chiqadi. Tajriba faqat Toshkent shahrida amalga oshiriladi, ammo shikoyatlar respublikaning istalgan hududidan bo‘lishi mumkin. Qamrovdagi xizmatlarga quyidagilar kiradi:

ü Yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

ü Ixtiyoriy tugatish va franshiza shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;

ü FHDYo yozuvlarini o‘zgartirish;

ü Apostil xizmatlari;

ü Mediatsiya, yuridik maslahat va sud ekspertiza sohasidagi ro‘yxatlar;

ü Ta’lim sohasidagi kasbiy sertifikatlash;

ü IT sohasidagi yoshlar uchun iste’mol krediti va imtihon kompensatsiyalari;

ü Kommunal xizmatlar tarmoqlariga ulanish (gaz, elektr, suv va issiqlik);

ü Hisoblagichlar bilan bog‘liq xizmatlar (plombalash, qiyoslash, o‘rnatish).

            Murojaat sudlarda ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, kengashda qabul qilinmaydi.

            Tadbirkorlar uchun davlat organlari bilan bo‘lgan nizolarni yengilroq va sudsiz hal etish imkoni paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, bu tartib katta vaqtincha xarajatlardan qutulish va davlat apparatiga bo‘lgan ishonchni oshirishda muhim qadam hisoblanadi.

           

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi

                                                                       Davlat xizmatlari markazi

direktori       K.Askarov