Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ?


Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega ?

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 3-bandiga ko‘ra quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi:

kam taʼminlangan shaxslarga, agar ular fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar, maʼmuriy ishlar boʻyicha ariza beruvchilar, maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar boʻlsa;

ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslarga, ularga Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami koʻrsatilayotganda;

oʻz huquqlari buzilgan, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha advokat ishtirok etishi shart boʻlgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilar.

 

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                  Abdug‘apparov Abbos