Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

5-may “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi


5-may “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabr kuni “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 316-son qarori qabul qilindi.

Quyidagilar kasbiy taʼlim tizimini 2030-yilga qadar isloh qilishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- xalqaro va qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar sonini kamida 250 taga yetkazish;

- 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy taʼlim bilan qamrovini amaldagi 29 foizdan 50 foizga yetkazish;

- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash dasturlarida ishtirok etgan pedagoglar sonini 100 nafardan 2 500 nafarga yetkazish.

Maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

2026 yildan boshlab 5 may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshiriladi.

 

 

Bo‘ka tumani Yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                     S.G‘.Jamolov