Янгиликлар
Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrda “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-son Farmoni qabul qilindi.
Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad etib, kasbiy taʼlim va kasbga o‘qitishda boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali yagona yondashuv asosida kasbga o‘qitish, ilg‘or xorijiy tajribalarni samarali joriy etish va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash belgilandi.
Farmon bilan, Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi.
Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.
Kengash tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi hamda uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.
Bo‘ka tumani Yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Niyozov