Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda


Voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda

 

23.10.2025-yil (OʻRQ–1092-son, Qonun) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Kodeksga kiritilgan oʻzgartirish qoʻshimchalarga koʻra, oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlgan shaxs sudlanmagan hisoblanishi belgilandi.

Bundan oʻta ogʻir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlganidan keyin oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno etib belgilandi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

Bo‘ka tuman adliya bo’limi xodimi   Sh.Malikov