Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-iyundagi “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq ma'muriy hujjatlar bo'yicha nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida”gi PQ-188-so
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-iyundagi “Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq ma'muriy hujjatlar bo'yicha nizolarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to'g'risida”gi PQ-188-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, davlat xizmatlarini ko'rsatishdagi qonunchilikka muvofiq bo'lmagan ma'muriy hujjatlarini sudgacha bo'lgan bosqichda apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqish tartibi joriy etilmoqda.
Quyidagilar tasdiqlandi:
Davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko'rib chiqish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom;
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashlarining namunaviy tarkibi.
Apellyatsiya kengashlari Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma'muriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha ko'rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kollegial organlar hisoblanadi.
Mazkur qaror fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga, davlat xizmatlarining sifatini oshirishga va sud tizimiga bo‘lgan yuklamalarni kamaytirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va davlat boshqaruvining samaradorligini oshirishga olib keladi.
Bo‘ka tumani adliya
DXM bosh mutaxassisi Abdullaxatov Abbos