Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi.


Mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratish tartibi belgilandi.

Joriy yilning 22-aprel sanasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan hamda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya, kompensatsiya va kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, subsidiya va kompensatsiyalar "Xorijda ish" mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan va tashkillashtirilgan holda mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga quyidagi xarajatlarni qoplash bo‘yicha ajratiladi, jumladan:

- chet tillari va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish xarajatlarini qoplash uchun, ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHM ning 3 baravarigacha;

- xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga "ishchi viza"ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash uchun - BHMning 5 baravarigacha;

- yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun - BHMning 2 baravarigacha miqdorda;

- nemis, ingliz, yapon va koreys tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilari eng ko‘p bo‘lgan 50 nafargacha o‘qituvchiga - 50 million so‘m miqdorida.

- Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda rivojlangan mamlakatlarga chikib ketayotgan fuqarolarga tijorat banklari tomonidan 10 million so‘mgacha Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada 2 yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi.

 

 

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi   

YXKM boshlig‘                                                            A.Niyozov