Янгиликлар
“Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat” tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
“Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat” tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Joriy yilning 21-aprel sanasida "Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, “Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat” tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda, hamkorlar:
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
- Yoshlar ishlari agentligi
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
- Ichki ishlar vazirligi
Ushbu hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
- vijdon erkinligini ta’minlash, turli konfessiyalar vakillarining o‘zaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash.
Bo‘ka tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Abdug‘apparov Abbos