Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosati


Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;

bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish;

bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;

bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;

bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash;

bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;

bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʻyicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash;

bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bagʻrikenglik va tinchliksevarlik tuygʻularini tarbiyalash;

bolani Oʻzbekiston xalqining tarixiy va milliy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;

bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;

bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;

bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;

bola huquqlarini taʼminlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik qilish;

bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

bolalarning ijtimoiy koʻnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʻmaklashish.


Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL