Янгиликлар
Davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari
Davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari
Davlat organlari va tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar toʻgʻrisidagi axborotni olish;
vakolatli davlat organidan kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, ularni aniqlash hamda bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida axborot va maslahatlar olish;
kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Davlat organlari va tashkilotlari:
oʻz tasarrufidagi axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini, tarmoqlar ishining barqarorligini taʼminlashi, shuningdek kiberxavfsizlik boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi, vakolatli davlat organini kiberhujumlar toʻgʻrisida ogohlantirishi;
oʻz axborot tizimlari va resurslarida saqlanayotgan maʼlumotlarning oʻgʻirlanishi hamda qalbakilashtirilishi holatlarining oldini olish choralarini koʻrishi;
oʻz axborot tizimlari va resurslarini kiberhimoya qilish uchun sertifikatlashtirilgan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy taʼminotdan foydalanishi;
kiberxavfsizlik sohasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni vakolatli davlat organi bilan kelishishi shart.
Yangiyul tuman adliya boʼlimi
Bo‘lim boshlig‘i
NARZIYEV AKMAL