Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi:

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini boshqaradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritadi;

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilish istagini bildirgan advokatlar bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzilishini taʼminlaydi va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash choralarini koʻradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini moliyalashtirish masalasi boʻyicha navbatdagi davr uchun budjet soʻrovlarini shakllantiradi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi hamda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasida davlat organlari va advokatlar oʻrtasidagi hamkorlik tizimini muvofiqlashtiradi.

Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL