Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishda “Yuridik yordam” axborot tizimidan foydalanish


Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishda “Yuridik yordam” axborot tizimidan foydalanish

 

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishda “Yuridik yordam” axborot tizimida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish sohasidagi hujjatlarni, axborotni va hisobotlarni toʻplash;

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar bilan shartnomalar tuzish va ularning ijrosi ustidan nazorat qilish;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlarning shaxsiy elektron kabinetlarini shakllantirish;

davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun advokatni avtomatik ravishda tanlash;

maxsus vakolatli davlat organi, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari, advokatlar, sudlar, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari hamda boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron hujjat aylanishini taʼminlash.

“Yuridik yordam” axborot tizimi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlarni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish advokatlik sirini yoki boshqa xizmat sirini oshkor etish deb hisoblanmaydi.


Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL