Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

FPK 295-moddasi mazmuniga koʻra, sud yuridik faktni aniqlash haqidagi arizani, agar:


FPK 295-moddasi mazmuniga koʻra, sud yuridik faktni aniqlash haqidagi arizani, agar:

a) qonunga koʻra bunday fakt arizachi uchun maʼlum yuridik oqibatlar keltirib chiqarsa (fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini vujudga keltirsa, oʻzgartirsa yoki tugatsa);

b) fakt sudga taalluqli huquq toʻgʻrisidagi nizoni hal qilish bilan bogʻliq boʻlmasa;

v) arizachi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni hujjat bilan tasdiqlashning boshqa imkoniyatiga ega boʻlmasa;

g) qonunchilikda ularni belgilashning oʻzgacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa, koʻrishga qabul qiladi.

Sud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha yuridik ahamiyatga ega boʻlmagan faktni boshqa mamlakatning qonunchiligi boʻyicha ushbu fakt huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarsa va bu borada oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro bitim mavjud boʻlsa, aniqlashga haqli.

Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL