Янгиликлар
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish
Maʼmuriy organ maʼmuriy ish yuritishni quyidagi hollarda toʻxtatib turishga haqli:
fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy yoki jinoyat sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan ish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar maʼmuriy ishni koʻrish mumkin boʻlmaganda;
maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etayotgan jismoniy shaxs vafot etganda, agar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyilgan taqdirda yoki maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
xatolarni toʻgʻrilash va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyati berilganda;
manfaatdor shaxslarning uzrli sabablarga koʻra kelmaganligi, agar ularning ishtiroki maʼmuriy ish yuritishni tamomlash uchun zarur boʻlganda;
manfaatdor shaxsning talabiga koʻra maʼmuriy organ tomonidan ekspertiza tayinlanganda.
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi. Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi xabar protsessual hujjat hisoblanadi.
Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turish maʼmuriy ish yuritish muddatlari oʻtishining toʻxtashiga olib keladi.
Yangiyul tuman adliya boʼlimi
Bo‘lim boshlig‘i
NARZIYEV AKMAL