Янгиликлар
Autstaffing shartnomasi boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlari
Autstaffing shartnomasi boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlari
Autstaffing shartnomasi boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqori xavfli obyektlar (uskunalar) sifatida tasniflangan obyektlar va uskunalar, shu jumladan, portlash va yongʻin xavfi bor, agressiv (tajovuzkor) va (yoki) radioaktiv xavfli asbob-uskunalar boʻyicha ishlarni bajarishda;
qabul qiluvchi tashkilotida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish ishlari bajarilganda, ish joylarini saqlab qolish uchun toʻliq boʻlmagan ish vaqtini kiritganda, shuningdek, xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod qilish xavfi mavjud boʻlgan taqdirda.
Qonunchilik hujjatlarida xodimlarni autstaffing xizmatlarini koʻrsatish tartibida yoʻnaltirish boʻyicha boshqa cheklovlar ham koʻzda tutilishi mumkin.
Autstaffing shartnomasi orqali xodimlarni qabul qiluvchi tashkilotga yuborish muddati bir kalendar yil davomida toʻqqiz oydan oshmasligi kerak.
Taraflarning kelishuvi va xodimning roziligi bilan ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi mumkin.
Yangiyul tuman adliya boʼlimi
Bo‘lim boshlig‘i
NARZIYEV AKMAL