Янгиликлар
Fuqaro aviatsiyasi
Fuqaro aviatsiyasi
Fuqaro aviatsiyasidan:
a) yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari, yuklar va pochta (havo transportida tashiladigan) tashish;
b) aviatsiya ishlarini bajarish;
v) oʻquv, sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi.
Qayd etib oʻtilgan maqsadlarda pulli va kira qilish tarzida foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi tijorat aviatsiyasi deb eʼtirof etiladi.
Qayd etib oʻtilgan maqsadlarda bepul hamda yollanmay foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi umumiy ahamiyatdagi aviatsiya deb eʼtirof etiladi.
Yangiyul tuman adliya boʼlimi
Bo‘lim boshlig‘i
NARZIYEV AKMAL