Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya


Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya

Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining lavozimi hamda uning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlgan taqdirda), shuningdek ish joyi va lavozimi;

davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoki uning yaqin qarindoshlari aksiyador boʻlgan aksiyadorlik jamiyatining rasmiy nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshi muassis (ishtirokchi), boshqaruv organi aʼzosi boʻlgan yuridik shaxsning rasmiy nomi, shuningdek uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.

Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya uni toʻldirgan davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining oʻz qoʻli bilan qoʻyilgan imzosi yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

 

Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Q.Bobojonov