Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etilishi mumkin bo‘lgan hajm qanchagacha ekanligini bilasizmi ?


Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etilishi mumkin bo‘lgan hajm qanchagacha ekanligini bilasizmi ?

 

Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-son Qonuniga ko‘ra,

- Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi quyidagi oʻlchamlarda eʼtirof etiladi:

- agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan boʻlsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda;

- agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan boʻlsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda.

Shunigdek, yakka tartibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan oʻlchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga boʻlgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xoʻjaligini yoki tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun eʼtirof etiladi.

Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL