Янгиликлар
Kimlarga nafaqa puli beriladi ?
Kimlarga nafaqa puli beriladi ?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida” Nizom asosan:
- nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakiliga, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan shartlar va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaxsning qaramogʻidagi oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolariga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslar va bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga nafaqa tayinlanadi.
Yangiyul tuman adliya boʼlimi
Bo‘lim boshlig‘i
NARZIYEV AKMAL