Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qanday holatlar turar joy kadastr pasportini berish rad etilishini bilasizmi bilasizmi ?


Qanday holatlar turar joy kadastr pasportini berish rad etilishini bilasizmi bilasizmi ?

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma‘muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori asosan quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos boʻladi:

-         soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi;

- koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlar mavjud emasligi;

- koʻchmas mulk obyektida oʻlchov ishlarining olib borilishiga, shu jumladan, koʻchmas mulk obyektiga kirish imkoni yoʻqligi (foydalanib kelayotgan shaxslar tomonidan bino va inshootga, yer uchastkasiga kirishga qarshilik qilinishi boʻyicha mahalla raisi ishtirokida tuzilgan dalolatnoma);

- vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish boʻyicha koʻchmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgani;

- bino va inshootning ixtisoslashishi ular joylashgan yer uchastkasining foydalanish maqsadiga mos boʻlmagan tarzda oʻzgartirilgani;

- taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri, qarama-qarshi maʼlumotlar aniqlanishi;

- filialda ushbu koʻchmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;

- filialda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilgani haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi;

- yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilingani.

Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.

Yangiyul tuman adliya boʼlimi

 Bo‘lim boshlig‘i     

NARZIYEV AKMAL