Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

6 OYLIK MASOFAVIY OʻQISH DAVRIDA XODIMGA QOʻSHIMCHA TAʻTIL BERILADIMI?


6 OYLIK MASOFAVIY OʻQISH DAVRIDA XODIMGA QOʻSHIMCHA TAʻTIL BERILADIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-iyundagi 453-son qaroriga 3-ilova “Oliy maʻlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisida” Nizomning 44-bandiga koʻra, asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofaviy tarzda taʻlim olayotgan tinglovchilarga bevosita Markazga kelishi talab etiladigan nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, oʻrtacha oylik maoshi saqlangan qoʻshimcha taʻtil beriladi  MK 219-moddasiga koʻra, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham har yilgi qoʻshimcha taʻtillar berilishi nazarda tutilgan. MK 214-moddasiga koʻra, ish beruvchi xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan taʻtillarni berishi shart. Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchi Sizga nazorat imtihonlarini topshirish vaqtida, tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan, mos ravishda, oʻrtacha oylik maoshingiz saqlangan qoʻshimcha taʻtil berishi shart. Yaʻni tasdiqlangan nazorat imtihoni jadvaliga asosan nazorat imtixonlari 5 kun davom etsa 5 kun, agar 10 kun davom etsa 10 kunga qoʻshimcha taʻtil berishga majbur!

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva