Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

IKKI YOSHGA TOʻLMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT KODEKSIDAGI IMTIYOZLAR


IKKI YOSHGA TOʻLMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT KODEKSIDAGI IMTIYOZLAR

 

Mehnat kodeksi 397-moddasiga asosan 3 yoshga toʻlmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash har kungi toʻliq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.

Mehnat kodeksi 407-moddasiga koʻra, 2 yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri oʻttiz minutdan kam boʻlmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga toʻlmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi boʻlgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha ish haqi boʻyicha haq toʻlanadi.

Ikki yoshga toʻlmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga koʻra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qoʻshib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga koʻchirilishi, shu jumladan jamlangan holda koʻchirilishi mumkin.

Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash taʻtilida boʻlmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 296-moddasiga muvofiq homilador ayollar, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxs) faqat oʻz yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin. Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva