Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ish beruvchi xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishi mumkinmi?


Ish beruvchi xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishi mumkinmi?

Ha mumkin, bunday holatga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Lekin shunday toifali xodimlar borki, ularni hech bir holatda ham rozilik berishidan qa’tiy nazar ish beruvchi chaqirib ololmaydi. Jumladan, Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki Mehnat kodeksning talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

boshligʻi Sh.Roʻziyeva