Янгиликлар
MK 161-MODDASI 2-QISMINING 4 VA 5-BANDLARI BILAN MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGAN XODIMNI YAʻNI OʻZ MEHNAT MAJBURIYATLARINI MUNTAZAM RAVISHDA YOKI BIR MARTA QOʻPOL RAVISHDA BUZGAN XODIMNI QAYTA ISHGA OLISH MUMKINMI?
MK 161-MODDASI 2-QISMINING 4 VA 5-BANDLARI BILAN MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGAN XODIMNI YAʻNI OʻZ MEHNAT MAJBURIYATLARINI MUNTAZAM RAVISHDA YOKI BIR MARTA QOʻPOL RAVISHDA BUZGAN XODIMNI QAYTA ISHGA OLISH MUMKINMI?
MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimni yaʻni oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzgan xodimni qayta ishga olish mumkinmi?
MK 125-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Oʻz mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzib ishdan boʻshagan xodimni qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ishga olish mumkin. Lekin qonunchilikda ayrim istisnolar ham mavjud. Masalan, “Maktabgacha taʻlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun 44-moddasiga koʻra, ilgari oʻzining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek, qoʻllanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda oʻziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qoʻllanilganligidan qatʻi nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi toʻgʻrisidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha taʻlim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas. MK 161-moddasi 2-qismining 4 va 5-bandlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar aynan maktabgacha taʻlim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas ekan. Boshqa lavozimlarda ishlashga esa cheklov belgilanmagan.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Sh.Roʻziyeva