Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi


Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, familiya, ism va ota ismini (F.I.O.) oʻzgartirish tartibi quyidagicha:

Murojaat qilish huquqi

  • F.I.O.ni oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi 16 yoshga toʻlgandan keyin u yashab turgan joydagi FHDYO organi tomonidan koʻrib chiqiladi.
  • 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar ota-onasining (yoki vasiy/homiyning) yozma roziligi bilan ariza berishlari mumkin.

Koʻrib chiqish muddatlari

  • Ariza berilgan kundan boshlab 2 oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
  • Uzrli sabablar mavjud boʻlganda (qoʻshimcha hujjatlarni tekshirish zarurati va h.k.), FHDYO organi muddatni yana 1 oygacha uzaytirishi mumkin. 

Zaruriy hujjatlar

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • Ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi.
  • Nikohda turgan boʻlsa, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma; nikohdan ajralgan boʻlsa — ajrashganlik haqidagi guvohnoma.
  • Farzandlari boʻlsa, ularning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari.
  • Pasport (ID-karta) nusxasi.
  • 1 dona fotosurat.

FHDYO organi ariza olinganidan soʻng:

  • Tegishli dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan arxivlardan nusxalarni talab qilib oladi.
  • Ichki ishlar organlari (IIV) orqali shaxsni tekshiradi. Agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u qidiruvda boʻlsa yoki sudlanganligi bitmagan boʻlsa, F.I.O.ni oʻzgartirish rad etilishi mumkin. 

Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, FHDYO organi mavjud dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar kiritadi va yangi guvohnoma beradi. Shundan soʻng fuqaro oʻzining pasportini (ID-kartasini) ham yangilashi shart.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                              S.Siradjiddinova