Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Ishdan boʻshatish nafaqasi


Ishdan boʻshatish nafaqasi

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, ishdan bo‘shatish nafaqasi — bu mehnat shartnomasi ma'lum asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimga yetkazilgan zararni qoplash va ishsiz qolgan davrida uni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun to‘lanadigan bir martalik to‘lovdir.

1. Ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadigan holatlar

Nafaqa quyidagi asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatilganda majburiy to‘lanadi:

  • Ish beruvchining tashabbusi bilan (shtat qisqarishi, texnologiyadagi o‘zgarishlar yoki korxonaning tugatilishi munosabati bilan);
  • Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra ishni davom ettira olmasligi munosabati bilan;
  • Xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilishi munosabati bilan;
  • Shartnomada ko‘rsatilgan ish shartlari o‘zgargani sababli xodim ishlashni rad etsa;
  • Korxona egasi o‘zgarganda xodim ishlashni davom ettirishni rad etsa.

2. Nafaqa miqdori

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori xodimning mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq holda tabaqalashtirilgan:

  • 3 yilgacha stajga ega bo‘lganlarga — o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • 3 yildan 5 yilgacha staj uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • 5 yildan 10 yilgacha staj uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • 10 yildan 15 yilgacha staj uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
  • 15 yildan ortiq staj uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

3. Nafaqa to‘lanmaydigan holatlar

Agar mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari bilan bekor qilinsa (masalan, intizomni buzish, ishga mast holatda kelish, o‘g‘rilik va h.k.), ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaydi. Shuningdek, xodim o‘z xohishi bilan (uzrli sabablarsiz) ishdan ketganda ham nafaqa to‘lanishi qonun bilan majburiy qilib qo‘yilmagan.

4. Qo‘shimcha kafolatlar

Shtat qisqarishi munosabati bilan bo‘shatilgan xodimlarga, ishdan bo‘shatish nafaqasidan tashqari, ular yangi ish topgunga qadar (lekin ko‘pi bilan ikki yoki uch oy davomida) o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qolinishi mumkin (avvalgi olingan nafaqa hisobga olingan holda).

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                              S.Siradjiddinova