Янгиликлар
Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkun.
Ish beruvchi qanday hollarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishi mumkun.
So‘ngi payitlarda xodimlar tomonidan juda ko‘p berilayotgan savollardan biri bu ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb eta oladimi, agar mumkun bo‘lsa qanday hollarda .
Amaldagi kodeksimizning 189-moddasida “Ish vaqtidan tashqari ish” masalasi batafsil bayon etilgan.
Ish vaqtidan tashqari ish bu nima.
Ish beruvchi tomonidan xodimni xodim uchun belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishga jalb etish ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish beruvchi tomonidan xodimni uning roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
1) tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning, ishlab chiqarishdagi avariyalarning, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning, shuningdek yong‘inlarning, toshqinlarning, zilzilalarning, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda bajarilgan ishlar amalga oshirilganda;
2) markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etishga doir ijtimoiy jihatdan zarur ishlar amalga oshirilganda;
3) agar ishda tanaffusga yo‘l qo‘yilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda ishni davom ettirish uchun. Bunday holda ish beruvchi zudlik bilan smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini ko‘rishi shart.
Yani ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilayotganda axamiyat berishi kerak bo‘lgan jixat shundaki, yuklanayotgan vazifa xodimning mehnat vazifasi doirasida yo‘l qo‘yiladi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Aloxida axamiyat axamiyat beradigan jixatlaridan biri homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etganda uning davomiyligi yiliga bir yuz yigirma soatdan oshmasligi lozim.
Ish beruvchi xodimni ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligini aniq xisobini olinishini ta’minlashi shart.
Angren shahar YuXKM
Bosh yuriskonsulti S.Aktamova