Янгиликлар
Talabalar uchun soliq imtiyozlari bormi?
Talabalar uchun soliq imtiyozlari bormi?
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ya’ni professional (kasb-hunar) va oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘quvchi talabaning kontraktini to‘lovchi shaxslar uchun soliq imtiyozi mavjudligidir. Bunda to‘lov-kontrakt summasi uchun sarflangan pul mablag‘laridan daromad solig‘i - 12% undirilmaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, fuqarolar ma'lum bir miqdordagi pul mablag‘larini tejab qolishlari va boshqa ehtiyojlari uchun foydalanishlari mumkin.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi