Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Talaba maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlashi mumkinmi


Talaba maktabgacha ta'lim muassasalarida ishlashi mumkinmi

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarorida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat yuritayotgan, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlar uchun, ularning pedagogik tajribasini hisobga olgan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanishi hamda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pedagog sifatida tegishli lavozimlarga ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo’yilgan.

Shuningdek, mazkur qarorda oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkinligi belgilangan.

 

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti:                  Aktamova Sitora O’tkir qizi