Янгиликлар
Majburiy tibbiy ko’rikdan kimlar o’tishi lozim?
Majburiy tibbiy ko’rikdan kimlar o’tishi lozim?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida shunday belgilangan: ish beruvchi quyidagilarni dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishi shart:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni;
umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni;
mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport vositalarining harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlarni;
oziq-ovqat sanoatida, savdoda va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarda ish bilan band bo‘lganlarni;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini.
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi