Янгиликлар
Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tegishli qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi kerak. Xizmat tekshiruvining natijalari haqidagi qarordan rozi boʻlmagan komissiya aʼzosi xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga ilova qilinadigan oʻzining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqlidir.
Xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan xodim toʻgʻrisidagi (xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, u bajarayotgan ish (egallagan lavozim), ushbu ish beruvchidagi ish staji, ilgari sodir etilgan intizomiy huquqbuzarliklar uchun intizomiy jazoning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlar);
xizmat tekshiruvini oʻtkazgan komissiya tarkibi toʻgʻrisidagi;
xizmat tekshiruvini oʻtkazish asoslari haqidagi;
xodim intizomiy qilmish sodir etganligi faktining mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi;
intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi;
oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan xodimning tushuntirishlarida koʻrsatilgan vajlar toʻgʻrisidagi;
xodimning intizomiy qilmish sodir etganligi holatlari va uning oqibatlari haqidagi;
xodimning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun uning aybdorligini tasdiqlovchi yoki istisno etuvchi materiallar toʻgʻrisidagi;
intizomiy qilmish sodir etilganligi natijasida xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori haqidagi (agar shunday zarar mavjud boʻlsa).
Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish Markazi bosh yuristkonsulti: Aktamova Sitora O’tkir qizi