Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Yillik mehnat ta’tilini berishda rasmiylashtirish jarayoni


Yillik mehnat ta’tilini berishda rasmiylashtirish jarayoni

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir. Ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi. Ya’ni xodimga yillik mehnat ta’tilini berish to’g’risidagi buyruqda xodimning ish yili to’liq ko’rsatilishi lozim, misol uchun 12.04.2024-11.04.2025 ish yili uchun yillik mehnat ta’tili beriladi, shaklida. MK 228-moddasiga asosan esa ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi. Taʼtillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi. Xodim har yilgi mehnat taʼtili beriladigan vaqt toʻgʻrisida taʼtil boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinishi kerak. MK 233-moddasiga asosan Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi inobatga olgan holda buyruqlarni rasmiylashtirilishi maqsadga muvofiqdir.

 

 

        Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi