Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Kadastr organlari fuqarolar va tadbirkorlarga mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslikning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda javob xatini yuborishlari kerakmi?


Kadastr organlari fuqarolar va tadbirkorlarga mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslikning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda javob xatini yuborishlari kerakmi?

Uy-joy va yer kadastri bilan bog‘liq masalalarda, agar tadbirkor yoki fuqaro kadastr organiga o‘z mulkiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish so‘rovi bilan murojaat qilsa va ariza rad etilsa, bu holatda rad etish deyarli quyidagi ikki asos bilan amalga oshirilganini kuzatish mumkin.

Birinchisi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar aniqlanishi sababli.

Ikkinchisi, Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.09.2020-yildagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 23-bandi so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi sababli.

Mazkur ikki holatda ham Palataning hududiy bo‘limlari tomonidan qaysi hujjatlarning noto‘g‘riligi, qarama-qarshiligi yoki buzilganligi va yoki so‘rovnomada qaysi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi haqida murojaatchiga ma’lumot berilmaydi va bu holatda murojaatchi sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Sud jarayonida ham ayni shu masala ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘ladi, bu esa murojaatchining sarson bo‘lishiga olib keladi. Bu orqali kadastr palatasiga shuni aytib o‘tishim kerakki, bitta hududiy bo‘limning murojaatchining arizasiga aniq javob bermasligi, ham palataning, ham murojaatchining, ham sudning ovora bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli, rad etish to‘g‘risidagi xatlarni aniq, asosli va batafsil bayon qilingan holda rasmiylashtirish. Ya’ni, qaysi hujjat noto‘g‘ri, qaysi bandga zid yoki qaysi ma’lumot qarama-qarshi ekani aniq ko‘rsatilishi lozim. Elektron tizim orqali javoblar shablon emas, balki individual asosda shakllantirilishi. Palata xodimlari uchun “Murojaatlarga sifatli javob yozish bo‘yicha” metodik qo‘llanma ishlab chiqish va amaliy seminarlar tashkil etish lozim.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti N.Maxamatov