Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadimi?


Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadimi?

 

Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi. Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti Z.Jiyanboyev