Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Arxiv xujjati asosida uy-joyni kadastr qilish mumkinmi?


Arxiv xujjati asosida uy-joyni kadastr qilish mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi Qonunning 31-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yer to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan tegishli qishloqlar (ovullar) xalq deputatlari Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risida kolxozlar a’zolari umumiy yig‘ilishlarining bayonnomalarini hamda sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari. muassasalari va tashkilotlari direktorlarining buyruqlarini tasdiqlash haqidagi qarorlari asos bo‘lishi belgilangan.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti Z.Jiyanboyev