Янгиликлар
Homiladorlik va tug’ish ta’tilidan qaytgan xodimni attestatsiyaga jalb qilish tartibi qanday?
Homiladorlik va tug’ish ta’tilidan qaytgan xodimni attestatsiyaga jalb qilish tartibi qanday?
Agar xodim homiladorlik, tug‘ish yoki bola parvarishi ta’tilidan so‘ng ishga qaytagan bo‘lsa, u ish boshlagan sanadan boshlab 1-yil mobaynida majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandida belgilangan. Shuningdek, ushbu nizomning 48-bandiga muvofiq, ushbu muddatda xodimning mavjud toifasi saqlanadi va tegishli toifa bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tartibi davom ettiriladi. Xodim qonun asosida bir yil davomida attestatsiyadan ozod etiladi va toifasi saqlanadi.
Olmaliq shahar adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti Z.Jiyanboyev