Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savol: Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish qanday choralari bor va natijadorligi qanday?


 

Savol: Yer sohasidagi korrupsion omillarning oldini olish qanday choralari bor va natijadorligi qanday?

Javob:“Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–287-son, 18.09.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi, 2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar ko'rishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga ko'ra hudularni quyidagicha toifalarga bo'lish belgilandi:

-         “qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;

-         “sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli o'rta hududlar;

-         “yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni o'zboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.

Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.

 

Chirchiq shshar adliya bo’limi

YXKM boshlig’i                                                              A.Fayziyev