Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilanbekor qilsa boʻladimi?


Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusi bilanbekor qilsa boʻladimi?

Javob:Mehnat shartnomasini bekor qilishda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha kafolatlar belgilab qoʻyilgan:

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shuningdek ota-onalar talabiga binoan bekor qilish xam mehnat qonunchiligida belgilab qoʻyilgan, yani- Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga koʻra bekor qilishga-

Ota-onadan biri (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning hayotiga va sogʻligʻiga, xavfsizligiga hamda ma'naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan boʻlsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon etkazishi mumkin boʻlsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

bosh maslaxatchisi S.Uskanov