Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari bosqichlari va rasmiylashtirish qanday ?


Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari bosqichlari va rasmiylashtirish qanday ?

 

Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) tartibi quyidagi bosqichlardan iborat:

nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishdan;

nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqishdan;

nizoni mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan.

Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emas.

Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart.

Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

 

DXM va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi

Yetakchi maslahatchi

ABDURAXMONOV G‘ANISHER SHAVKAT O‘G‘LI