Янгиликлар
Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya toʻlanadigan talabgorlar komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi. ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Bekobod tumani Adliya bo`limi
Davlat xizmatlari markazi
Bosh mutaxassisi
Arziqulova Moxira Xasanboyevna