Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xotin qizlar uchun yana bir imkoniyat


Xotin qizlar uchun yana bir imkoniyat

2021 yil sentabr oyida hukumat qarori bilan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joriy yilgi oʻquv yilidan boshlab har yili oʻz hududlaridan oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda oʻqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun toʻlov-kontrakt summasini toʻrt oʻquv yili yakunlanishiga qadar toʻlab berishi lozim. Moliyaviy barqaror OTMlar esa 50 nafargacha talaba qizlarni birinchi oʻquv yilida bepul oʻqitishi kerak. Bunda talabgorlarning keyingi oʻquv yillari uchun taʼlim krediti rasmiylashtiriladi. Hokimliklar oʻz hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda oʻqishni tamomlagandan soʻng, ularni ish joyi bilan taʼminlaydi.

Bu imkoniyat otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar va boquvchisi yoʻq ehtiyojmand yolgʻiz ayollarga beriladi. Bu toifalarga mos keluvchi qizlar kirish imtihonlari javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi. Davlat OTM 5 kun mobaynida roʻyxatni shakllantirib, hokimliklarga maʼlumotlarni yozma ravishda yuboradi.

Bekobod tumani Adliya bo`limi

 Davlat xizmatlari markazi

 Bosh mutaxassisi

Arziqulova Moxira Xasanboyevna