Янгиликлар
Bugungi kun holatiga ishsiz tomonidan to`lanishi kerak bo`lgan aliment miqdorlari qancha?
Bugungi kun holatiga ishsiz tomonidan to`lanishi kerak bo`lgan aliment miqdorlari qancha?
Oila kodeksining 140-moddasida
___agar aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo`lsa yoki uning ish haqi yoki daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo`lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O`zbekiston Respublikasidagi o`rtacha oylik ish haqi miqdori bo`yicha hisoblab chiqiladi deb ko`rsatilgan.Davlat statistika agentligi tomonidan berilgan ma`lumotga tayangan holda aliment to`lovchilar uchun MIB tomonidan belgilanadigan O`zbekistondagi o`rtacha oylik ish haqi hozirgi kunda 6 368 158 so`mni tashkil qilmoqda.
___Shunga ko`ra, bugungi kun holatiga MIB-ning rasmiy mib.uz sayti orqali ishsiz bo`lgan aliment to`lovchilar uchun har oylik aliment miqdorlari bolalar soniga qarab;
___Bir nafar bola uchun -1 592 039 so`m,
___Ikki nafar bolalar uchun-2 122 719 so`m
___Uch va undan ortiq bolalar uchun -3 184 079 so`mni tashkil qilmoqda.
Bekobod tumani Adliya bo`limi
Davlat xizmatlari markazi
Bosh mutaxassisi
Arziqulova Moxira Xasanboyevna