Янгиликлар
Pensiya tayinlash va to’lash tartibi haqida bilasizmi?
Pensiya tayinlash va to’lash tartibi haqida bilasizmi?
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, yetarlicha ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar va ularning oilalari pensiya olish huquqiga ega.
1.Yoshga doir pensiya.
2.Nogironlik pensiyasi
3.Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar - 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda; ayollar - 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.
Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I- va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxs, deb topilgan insonlarga tayinlanadi. Mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʼiy nazar, tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi. Pensiya yoshiga yetib, zaruriy ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, lekin kamida 7 yillik ish staji mavjud boʻlsa, bor stajiga mutanosib ravishda toʻliqsiz miqdorda yoshga doir pensiya tayinlanadi.
Bekobod tuman Adliya boʻlimi
YUXKM boshyuriskonsulti Otabek Ashurov