Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Nafaqaning qanday turlari mavjud?


Nafaqaning qanday turlari mavjud?

   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom bilan tartibga solinadi.

Mazkur Nizom boʻyicha nafaqalarning 3 turi bor:

1.nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;

2.Parvarishlash nafaqasi;

3.Yoshga doir nafaqa.

4.Nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslardan tashqari).

5.Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi tayinlanadi.

        Vakolatli organ tomonidan nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar yoki ularning qonuniy vakillari nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasini olish huquqiga egadirlar.

        Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son Farmoniga ilovada belgilangan kasallikka chalingan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bola deb topilgan bolalarning qonuniy vakili parvarishlash nafaqasini olish huquqiga ega. Parvarishlash nafaqasi qonuniy vakilga u pensiya yoki nafaqa olishidan qatʼi nazar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan har bir 18 yoshgacha bolaning parvarishi uchun alohida tayinlanadi.

        Yoshga doir nafaqa erkaklarga - 65 yoshga yetganlarida; ayollarga - 60 yoshga yetganlarida; bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga - 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi. Haq toʻlanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega boʻlgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish stajiga ega boʻlmagan shaxsga (bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalardan tashqari) yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga yetgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni taʼminlashga majbur boʻlgan boshqa shaxslar boʻlmagan taqdirda tayinlanadi. Shuningdek, ishsizlik nafaqasi, ishdan boʻshatish nafaqasi kabi nafaqa turlari ham mavjud.

 

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshyuriskonsulti                                              Otabek Ashurov