Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimga bolnichniy to’lanadimi?


O’rindoshlik asosida ishlaydigan xodimga bolnichniy to’lanadimi?

      Amaldagi Mehnat kodeksi 432-moddasiga asosan, o’rindoshlik asosida ishlash xodimning o’zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo’yicha asosiy ishidan bo’sh vaqtida boshqa muntazam haq to’lanadigan ishni bajarishdir.

     Shunigdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabr kunidagi “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 297-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko’ra, oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.

 

Bekobod tuman Adliya boʻlimi

YUXKM   boshyuriskonsulti                                              Otabek Ashurov