Янгиликлар
Fuqarolik sudida da’voni ta’minlash asoslari qanday?
Fuqarolik sudida da’voni ta’minlash asoslari qanday?
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi 105-moddasiga asosan da’voni ta’minlash asoslari quyidagilardan iborat:
Sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki oʻz tashabbusi boʻyicha koʻrishi mumkin. Agar daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻysa, daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi. Daʼvoni taʼminlashga sud protsessining har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi. Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqayotganda sud (sudya) daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish asoslari va zaruriyati koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga koʻra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrilishi mumkin. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizaga daʼvoning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. Hakamlik sudida koʻrib chiqilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqish va daʼvoni taʼminlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Bekobod tuman Adliya boʻlimi
YUXKM boshyuriskonsulti Otabek Ashurov